Alaves murabbiyi Vinisius epizodida hakam qarorini tushunmadi

«Alaves» bosh murabbiyi Eduardo Kudet Madridning «Real»iga qarshi uchrashuvda o'z darvozasiga penalti belgilanmagan vaziyat yuzasidan fikr bildirdi. O'yinning 88-daqiqasida «Real» hujumchisi Vinisius Junior jarima maydonida yiqildi.
Mehmonlar penalti talab qildi, biroq bosh hakam qoidabuzarlik bo'lmagan, degan xulosaga keldi. «Vinisius bilan bo'lgan epizodmi?
Men hakamning qarorini tushunmayapman. Bu yo penalti, yo simulyatsiya uchun ikkinchi sariq kartochka va chetlatish bo'lishi kerak.
Nega yakunda na biri, na boshqasi bo'lmadi?» dedi Kudet o'yindan keyingi intervyusida. Uchrashuvda «Real» 24 va 76-daqiqalarda Kilian Mbappe hamda Rodrigoning gollari evaziga g'alaba qozondi.
«Alaves» safida esa 68-daqiqada Karlos Visente hisobni qisqartirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Mehmonlar penalti talab qildi, biroq bosh hakam qoidabuzarlik bo'lmagan, degan xulosaga keldi. «Vinisius bilan bo'lgan epizodmi?
Men hakamning qarorini tushunmayapman. Bu yo penalti, yo simulyatsiya uchun ikkinchi sariq kartochka va chetlatish bo'lishi kerak.
Nega yakunda na biri, na boshqasi bo'lmadi?» dedi Kudet o'yindan keyingi intervyusida. Uchrashuvda «Real» 24 va 76-daqiqalarda Kilian Mbappe hamda Rodrigoning gollari evaziga g'alaba qozondi.
«Alaves» safida esa 68-daqiqada Karlos Visente hisobni qisqartirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













