Marsel Velodromda 2025 yilda rekord natija qayd etdi

Marsel Velodromda 2025 yilda rekord natija qayd etdi
Fransiya chempionatining 16-turida “Marsel” o'z maydonida “Monako”ni minimal hisobda mag'lub etdi. Hujumkor uslubi bilan tanilgan italiyalik mutaxassis Roberto de Dzerbi boshqaruvidagi jamoa 2025 yilda Liga 1 doirasida “Velodrom” stadionida 56-golini urdi.

Bu ko'rsatkich “Marsel” uchun so'nggi yarim asrdan ortiq vaqt ichidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Klub tarixida faqat ikki marta bir kalendar yil davomida uy stadionida bundan ko'proq gol urilgan: 1948 yilda 69 ta, 1971 yilda esa 62 ta gol.

G'alaba tufayli “Marsel” Fransiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni saqlab qoldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.