Dmitriy Gradilenko «Roma» va «Komo» o'yiniga prognoz berdi

Dmitriy Gradilenko «Roma» va «Komo» o'yiniga prognoz berdi
Moskvaning «Spartak» klubi sobiq futbolchisi Dmitriy Gradilenko Italiya A Seriyasining 15-turi doirasidagi «Roma» – «Komo» uchrashuvi bo'yicha taxminini bildirdi. Ekspert fikricha, «Komo» bu bahsda gol ura olmaydi.

«Mezbonlar Italiyada eng kam gol o'tkazib yuborayotgan jamoa, Yevropada esa bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinda. «Komo» safarda o'tkazgan yetti o'yinning to'rttasida hisobni ocholmagan», — deya Gradilenkoning so'zlarini «Stavka TV» keltiradi.

«Roma» – «Komo» uchrashuvi bugun, 15 dekabr kuni Rimdagi stadionda bo'lib o'tadi. O'yin Moskva vaqti bilan 22:45 da boshlanadi.

A Seriya turnir jadvalida rimliklar to'rtinchi pog'onada bormoqda, mehmonlar esa yettinchi o'rinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.