Van Basten: Vinisius jarima zarbasini kutib yiqildi

Van Basten: Vinisius jarima zarbasini kutib yiqildi
Niderlandiya futboli afsonasi Marko van Basten «Alaves» – Madridning «Real»i uchrashuvida bahsli vaziyat haqida fikr bildirdi. Uchrashuvning 88-daqiqasida Vinisius Junior jarima maydonida yiqilgan epizodda hakam qoidabuzarlik qayd etmadi va penalti belgilamadi.

Bu qaror katta munozaralarga sabab bo'ldi: o'yindan keyin «Real» vakillari hakamlikdan ochiq norozi bo'ldi. Biroq Van Basten «oq liboslilar»ning e'tiroziga qo'shilmadi.

«Bu penalti emas. Ha, kontakt bo'lgan, lekin Vinisius aynan shu kontaktni kutib turgandi va tegishganini sezishi bilan juda oson yiqildi.

Raqib zarbasidan chindan ham yiqilganiga ishonish qiyin», — deya Van Bastenning so'zlarini The Touchline keltirdi. Bahs Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoaning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.