PSJda Ilya Zabarnyi Transfermarkt bahosida arzonlashdi

PSJda Ilya Zabarnyi Transfermarkt bahosida arzonlashdi
Ukrainalik himoyachi Ilya Zabarnyining PSJdagi bozor qiymati bir necha oy ichida pasaydi. Transfermarkt portali futbolchini 50 million yevroga baholadi, bu avvalgi yangilanishdagidan 5 million yevroga kam.

Eslatib o'tamiz, Zabarnyi 2025 yil yozida Angliyaning "Bornmut" klubidan Parij jamoasiga o'tgandi. Bitim qiymati 63 million yevroga baholangan.

Futbolchi PSJ safida barcha turnirlarda 18 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Avvalroq Fransiya 1-ligasida to'p surayotgan ikki rossiyalik legioner — Aleksandr Golovin ("Monako") va Zabarnyi bilan bir jamoada o'ynayotgan Matvey Safonov (PSJ)ning ham Transfermarkt bahosida pasayish qayd etilgani xabar qilingandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.