Muslera ishtirokidagi Estudiantes Argentina chempioniga aylandi

Muslera ishtirokidagi Estudiantes Argentina chempioniga aylandi
Argentinada Primera-divizion pley-offining hal qiluvchi final uchrashuvi o‘tkazildi. Mavsumning “Klausura” bosqichida muntazam chempionatda bor-yo‘g‘i sakkizinchi o‘rinni egallagan “Estudiantes” kutilmaganda chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Finalda urugvaylik tajribali darvozabon Fernando Muslera safida maydonga tushgan “Estudiantes” “Rasing Avellaneda”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. Asosiy vaqt ham, qo‘shimcha bo‘limlar ham durang bilan yakunlandi, 11 metrlik zarbalar seriyasida esa “Estudiantes” 5:4 hisobida ustun keldi.

G‘alabada Musleraning hissasi hal qiluvchi bo‘ldi: u penaltilar seriyasida ikki zarbani qaytardi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.