Valdepenyas Alonso davrida Real tarbiyalanuvchilari orasida birinchi bo'ldi

Madridning “Real” klubi yakshanba kuni “Alaves”ga qarshi o'yinda 19 yoshli himoyachi Viktor Valdepenyasni asosiy jamoa safida ilk bor maydonga tushirdi. U 78-daqiqagacha o'ynab, “qaymoqranglilar”ning safardagi 2:1 hisobidagi g'alabasiga hissa qo'shdi.
E'tiborlisi, Valdepenyas Xabi Alonso bosh murabbiyligidagi davrda klub akademiyasidan yetishib chiqqan futbolchilar orasida asosiy jamoada debyut qilgan birinchi o'yinchi bo'ldi. Bungacha u “Real”ning katta jamoasida hatto zaxiradan ham o'yinga tushmagan.
Xabi Alonso joriy yil yoz boshida “Real” boshqaruvini qabul qilib oldi. U Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlangan Karlo Anchelottining o'rnini egalladi.
Madridliklar chorshanba kuni Ispaniya Kubogida “Talavera”ga qarshi bahs o'tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!E'tiborlisi, Valdepenyas Xabi Alonso bosh murabbiyligidagi davrda klub akademiyasidan yetishib chiqqan futbolchilar orasida asosiy jamoada debyut qilgan birinchi o'yinchi bo'ldi. Bungacha u “Real”ning katta jamoasida hatto zaxiradan ham o'yinga tushmagan.
Xabi Alonso joriy yil yoz boshida “Real” boshqaruvini qabul qilib oldi. U Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlangan Karlo Anchelottining o'rnini egalladi.
Madridliklar chorshanba kuni Ispaniya Kubogida “Talavera”ga qarshi bahs o'tkazadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













