Milan Aleksis Salemakers bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

Milan Aleksis Salemakers bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
Milan yaqin vaqt ichida belgiyalik yarim himoyachi Aleksis Salemakers bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Massimiliano Allegri qo'l ostida u jamoaning asosiy tarkibida barqaror o'rin egallagan futbolchiga aylandi.

Bu haqda italiyalik nufuzli jurnalistlar Fabritsio Romano va Matteo Moretto xabar berdi. Salemakers Milan safida qariyb olti yildan beri to'p surib kelmoqda.

U 2020 yil yanvarida Belgiyaning Anderlext klubidan Milan safiga o'tgan, transfer qiymati sakkiz million yevroni tashkil etgandi. Xabarlarga ko'ra, yangi kelishuv 2030 yil yozigacha mo'ljallangan bo'ladi.

Shuningdek, futbolchining maoshi ham sezilarli oshib, mavsumiga bir million yevrodan uch million yevrogacha ko'tariladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.