Fabregas: Komo kamida bitta gol urishga loyiq edi

Fabregas: Komo kamida bitta gol urishga loyiq edi
Italiya A seriyasining 15-turidagi so'nggi uchrashuvda «Roma» o'z maydonida «Komo»ni qabul qildi va ikkinchi bo'limda kiritilgan gol evaziga minimal hisobda g'alaba qozondi. «Komo» bosh murabbiyi, ispaniyalik mutaxassis Sesk Fabregas o'yindan so'ng jamoasining harakati maqtovga loyiq bo'lganini ta'kidladi.

Uning fikricha, mehmonlar kamida bitta gol urishga munosib o'ynagan. «Jamoam bilan faxrlanaman, biz oxirigacha kurashdik.

Menimcha, biz bitta golga munosib o'yin ko'rsatdik. «Roma»ni tabriklayman, ular jismoniy jihatdan bizdan ustun bo'lishdi.

Ularda Sule bor, bugun aynan u farqni yuzaga chiqardi. Uning kelajagiga ishonaman», — deya Fabregasning so'zlarini Forzaroma.info keltirdi.

«Komo» A seriyaning keyingi turida 27 dekabr kuni «Lechche»ga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.