Flik ter Shtegenning kelajagi bo'yicha fikr bildirdi

Flik ter Shtegenning kelajagi bo'yicha fikr bildirdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning germaniyalik darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning kelajagi haqida gapirdi. OAVga ko'ra, posbon yanvar oyida klubini o'zgartirishi mumkin.

“Bu uning qarori bo'ladi. Biz bu masalani muhokama qildik.

Men uni futbolchi sifatida hurmat qilaman, u ajoyib darvozabon. Ter Shtegen oldida tanlov turibdi”, — deya Flik so'zlarini ESPN keltirdi.

Avvalroq matbuotda ter Shtegen transferiga Istanbulning “Beshiktosh” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi. Ter Shtegenning “ko'k-anorranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.

Germaniyalik darvozabonning bozor bahosi 7 million yevroga teng.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.