Bulykin Ronalduning o'g'li bilan bir jamoada o'ynashiga ishonadi

Bulykin Ronalduning o'g'li bilan bir jamoada o'ynashiga ishonadi
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Dmitriy Bulykin Krishtianu Ronaldu o'z o'g'li — Krishtianu Ronalduning kichigi bilan bir jamoada maydonga tushishi mumkinligini inkor etmadi. Mutaxassis bu haqdagi fikrlarini “Yevro-Futbol.Ru” nashriga bergan intervyusida bildirdi.

“Menimcha, unda bunday istak bor. Bu chiroyli hikoya bo'lardi, amalga oshadimi-yo'qmi — buni vaqt ko'rsatadi.

U o'ziga, tanasiga juda yaxshi qaraydi va futbolni imkon qadar uzoqroq o'ynashni xohlaydi. O'ylaymanki, o'g'li u bilan bir jamoada o'ynaydigan payt kelganda, bu reja amalga oshishi mumkin”, — dedi Bulykin.

2025 yil noyabrida Krishtianu-kichik Turkiyada o'tkazilgan Federation Cup turnirida Portugaliya U-16 terma jamoasi safida ilk golini urdi. U Uelsga qarshi bahsda 42-daqiqada hisobni ochdi, uchrashuv 3:0 yakunlandi.

Ta'kidlash joiz, 40 yoshli Ronaldu ham, uning o'g'li ham Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi tizimida. Ronaldu klub aksiyadorlaridan biriga aylangan bo'lsa, o'g'li klub akademiyasida to'p surmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.