Estevao «Nyukasl»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Estevao «Nyukasl»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
«Chelsi»ning braziliyalik hujumchisi Estevao APLning 16-turi doirasida «Nyukasl»ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Futbolchi mushak jarohati olgani aytilmoqda.

Uning safga qaytish muddati hozircha e'lon qilinmagan, biroq yaqin hafta oxirida jamoasiga yordam bera olmasligini insayder Fabritsio Romano xabar qildi. Eslatib o'tamiz, kecha «Chelsi» Angliya Ligasi kubogi chorak finalida safarda «Kardiff Siti»ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Braziliyalik hujumchi o'sha bahsda ishtirok etmadi. 18 yoshli, qiymati 80 mln yevroga baholanayotgan Estevao oxirgi bor 13 dekabr kuni «Everton»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan, u 81-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan.

2025/2026 yilgi mavsumda Estevao «Chelsi»ga o'tishidan avval Braziliyadagi o'yinlarini ham qo'shib hisoblaganda 58 uchrashuvda qatnashib, 17 gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.