Bavariya Keyn bilan shartnoma uzaytirishni yozda muhokama qiladi

Bavariya Keyn bilan shartnoma uzaytirishni yozda muhokama qiladi
“Bavariya” hujumchisi Garri Keyn klubni tark etishni rejalashtirmayapti. Angliyalik futbolchining amaldagi shartnomasida Premyer-liga klublariga uni nisbatan arzonroq narxda sotib olish imkonini beruvchi tovon puli bandi mavjud bo‘lsa-da, hozircha forvard vatanga qaytish niyatida emas.

Sport Bild xabariga ko‘ra, “Bavariya” va Keyn o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar yozda, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlanganidan ko‘p o‘tmay o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 32 yoshli futbolchining Myunxen grandi bilan amaldagi bitimi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda “Tottenhem”ning sobiq sardori Vensan Kompani jamoasi safida 24 o‘yinda 29 gol urdi va 3 golli uzatma amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.