Saloh The Best ovozida Hakimini birinchi o'ringa qo'ydi

Saloh The Best ovozida Hakimini birinchi o'ringa qo'ydi
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Misr terma jamoasi sardori sifatida FIFAning The Best mukofoti uchun ovoz berishda ishtirok etdi. Madrid Zone xabariga ko'ra, Saloh o'z reytingida birinchi o'ringa marokashlik Ashraf Hakimini qo'ydi.

Ikkinchi pog'onani “PSJ” futbolchisi Usmon Dembele egallagan bo'lsa, uchinchi o'ringa “Real” (Madrid) hujumchisi Kilian Mbappe joylashtirilgan. Ovoz berish yakunlariga ko'ra, yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida Dembele e'tirof etildi.

Shuningdek, u sentyabr oyida “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgani qayd etildi. E'tiborlisi, FIFA talqiniga ko'ra yil ramziy terma jamoasidan Muhammad Saloh o'rin olmadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.