Eduar Mendi «Al-Ahli» bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirdi

Eduar Mendi «Al-Ahli» bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirdi
Londonning «Chelsi» klubida to‘p surgan sobiq darvozabon Eduar Mendi Saudiya Arabistoni chempionatidagi «Al-Ahli» bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, senegallik posbon bilan tuzilgan kelishuv 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Mendi «Al-Ahli» safiga ikki yil avval kelib qo‘shilgandi. Darvozabon Saudiya klubi safida 92 uchrashuv o‘tkazib, 94 gol o‘tkazib yuborgan.

39 bahsda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Transfermarkt portali mutaxassislari Mendining bozor qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.