Cherchesov Modrichni professionalizm namunasi deb atadi

Cherchesov Modrichni professionalizm namunasi deb atadi
“Akhmat” bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov “Milan” yarim himoyachisi Luka Modrich haqida fikr bildirdi. Mutaxassis xorvatiyalik futbolchiga doimo alohida ixlos qilganini aytdi.

Cherchesovning so'zlariga ko'ra, u Modrichni 17 yoshligidan beri kuzatib keladi. “Modrich — ajoyib futbolchi, u hanuzgacha motivatsiyasini yo'qotmagan.

Modrich nafaqat noyob iste'dod, balki professionalizmning yorqin namunasi”, — deya murabbiyning fikrlarini “Sport-Ekspress” nashri keltiradi. Murabbiy “Milan” muxlislari Modrichni juda tez yoqtirib qolganidan ham ajablanmaganini ta'kidladi.

40 yoshli yarim himoyachi joriy yil yozida Madridning “Real” klubidan erkin agent sifatida “Milan”ga o'tdi. “Rossoneri” safida u A Seriya va Italiya kubogida jami 17 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.