Milan hujumchisi Santyago Ximenes operatsiyaga rozi bo'ldi

Avvalroq «Milan»ning meksikalik hujumchisi Santyago Ximenesga jarrohlik amaliyoti kerak bo'lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Endi esa futbolchi operatsiyaga rozi bo'lgani aytilmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Ximenes yanvar oyida operatsiya qilinadi va u maydonga mart oyida qaytishi kutilmoqda. Uni to'piqdagi muammolar bezovta qilib kelmoqda.
Aynan shu jarohat «Milan»dagi o'yin amaliyoti va barqaror formasiga ham ta'sir qilgani ta'kidlanadi. Meksikalik hujumchi 28 oktyabr kuni «Atalanta»ga qarshi uchrashuvda jarohat olib safdan chiqqan.
Shundan buyon klub yil boshida niderlandiyalik «Feyenoord»dan kelgan futbolchi bilan xayrlashish yo'llarini ham ko'rib chiqayotgani haqida gap-so'zlar tinmayapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ma'lumotlarga ko'ra, Ximenes yanvar oyida operatsiya qilinadi va u maydonga mart oyida qaytishi kutilmoqda. Uni to'piqdagi muammolar bezovta qilib kelmoqda.
Aynan shu jarohat «Milan»dagi o'yin amaliyoti va barqaror formasiga ham ta'sir qilgani ta'kidlanadi. Meksikalik hujumchi 28 oktyabr kuni «Atalanta»ga qarshi uchrashuvda jarohat olib safdan chiqqan.
Shundan buyon klub yil boshida niderlandiyalik «Feyenoord»dan kelgan futbolchi bilan xayrlashish yo'llarini ham ko'rib chiqayotgani haqida gap-so'zlar tinmayapti.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













