Soboslaining tiklanish muddati bo'yicha yangi ijobiy ma'lumotlar chiqdi

Soboslaining tiklanish muddati bo'yicha yangi ijobiy ma'lumotlar chiqdi
“Liverpul” yarim himoyachisi Dominik Soboslai “Brayton”ga qarshi yaqindagi uchrashuvda jarohat oldi. Avvalroq OAVda vengriyalik futbolchi bir necha oy maydonga tusha olmasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Biroq The Athletic manbasiga ko'ra, “mersisaydliklar” uchun prognoz ancha ijobiy: tekshiruv natijalari shifokorlar xavotirini kamaytirdi va Soboslai davolanishga yaxshi javob bermoqda. Qayd etilishicha, Dominik 20-dekabr kuni Angliya Premyer-ligasida “Tottenhem”ga qarshi o'yinda maydonga tushish ehtimoliga ega.

Agar “qizillar” ehtiyot chorasi sifatida uni asrasa, Soboslai eng yaqin uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin, ammo 27-dekabr kuni “Vulverhempton”ga qarshi bahsda albatta o'ynashi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.