Marko Simone: «Milan to'rtlik emas, g'alaba uchun kurashsin»

Italiyaning «Milan» klubi sobiq hujumchisi Marko Simone bosh murabbiy Massimiliano Allegrining «Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kuchli to'rtlikka kirish» haqidagi ehtiyotkor bayonotlariga tanqidiy munosabat bildirdi. 1996 yilda Chempionlar ligasida chorak asrdan ortiq vaqt saqlanib qolgan rekord o'rnatgan Simone, «Milan» kabi jamoa faqat to'rtinchi o'rin bilan cheklanmasligi kerakligini ta'kidladi.
«Allegri “Milan” faqat kuchli to'rtlikda bo'lishi kerak, xolos, deb takrorlayapti. Ha, o'tgan mavsum klub sakkizinchi bo'lib yakunladi, lekin “Milan” baribir “Milan”.
U g'alaba uchun kurashishi shart. Hech qanday “ammo” va “agar”siz», — deya Simonedan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.
Ayni paytda «Milan» A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Allegri “Milan” faqat kuchli to'rtlikda bo'lishi kerak, xolos, deb takrorlayapti. Ha, o'tgan mavsum klub sakkizinchi bo'lib yakunladi, lekin “Milan” baribir “Milan”.
U g'alaba uchun kurashishi shart. Hech qanday “ammo” va “agar”siz», — deya Simonedan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.
Ayni paytda «Milan» A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













