Menyang 2022 yil bilan qiyoslarni chetga surishni so'radi

Menyang 2022 yil bilan qiyoslarni chetga surishni so'radi
Italiyaning “Milan” klubi darvozaboni Mayk Menyang 2021 yildan beri jamoa safida to'p suradi va ilk mavsumidayoq A Seriya chempionligini qo'lga kiritgan. Shunga qaramay, “Milan” yana chempionlik uchun asosiy da'vogarlar qatorida borayotgan bir paytda ham Menyang 2022 yilgi muvaffaqiyat bilan hozirgi vaziyatni qiyoslashdan qochmoqda.

“Bunday taqqoslashlarni qila olmayman, bu bir necha yil avval bo'lgan. Hozir o'zimni yaxshi his qilyapman va jamoaga yordam berishni istayman.

Biz g'alabalar sari intilamiz, biz uchun muhimroq yoki kamroq muhim turnirlar yo'q. Hammasi muhim”, — deya Menyangning so'zlarini pianetamilan.it keltirdi.

Ayni paytda “Milan” Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.