Rodrigo «Real»dagi sardorlik bilaguzugi haqida gapirdi

Rodrigo «Real»dagi sardorlik bilaguzugi haqida gapirdi
Madridning «Real» klubi vingeri Rodrigo Ispaniya Kubogi doirasida «Talavera»ga qarshi o'yinda sardorlik bilaguzugini taqdi. Uchrashuv chorshanba kuni bo'lib o'tdi va «qirollik klubi»ning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

24 yoshli braziliyalik futbolchi 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va sardorlik vazifasini o'z zimmasiga oldi. Rodrigoning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltiradi: «Men bu futbolkada o'ynab, hamon orzularimni ro'yobga chiqarayapman.

Bugun oqshom «Real» sardori bilaguzugini taqish men uchun sharaf bo'ldi». «Real» navbatdagi uchrashuvini shanba kuni La Liganing 18-turi doirasida o'z maydonida «Sevilya»ga qarshi o'tkazadi.

Jamoaga Xabi Alonso murabbiylik qilmoqda. Rodrigo 2019 yildan beri «Real» safida to'p surib keladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.