Inter Dinamo Zagreb himoyachisi Moris Valinchichni kuzatmoqda

Inter Dinamo Zagreb himoyachisi Moris Valinchichni kuzatmoqda
Italiyaning «Inter» klubi Zagrebning «Dinamo» jamoasida to'p surayotgan qanot himoyachisi Moris Valinchichni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko'ra, milanliklar Valinchichni to'piq jarohatidan tiklanayotgan Denzel Dyumfrisga muqobil variant sifatida ko'rib chiqmoqda. «Inter» qishki transfer oynasidayoq «Dinamo»ga rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin.

Joriy mavsumda Valinchich 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma muallifi bo'lgan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 2 million yevroni tashkil etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.