Jessi Lingard APLga qaytish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda

Jessi Lingard APLga qaytish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda
Janubiy Koreyaning “Seul” klubida to'p surayotgan hujumkor yarim himoyachi Jessi Lingard Angliya Premyer-ligasiga qaytishni maqsad qilgan. Bu haqda Hammers Chat xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 2021 yilda ijara asosida o'ynagan “Vest Hem” Lingardni yana tarkibiga qaytarishi ehtimoli bor. 33 yoshli futbolchining “Seul” bilan shartnomasi yaqin kunlarda yakuniga yetadi va u erkin agentga aylanadi.

Mish-mishlarga ko'ra, hozirda Lingard yaxshi sport formasida. Qayd etilishicha, 2024 yilda Janubiy Koreyaga yo'l olguniga qadar Lingard faoliyati davomida faqat Angliyada o'ynagan.

U “Manchester Yunayted”, “Lester”, “Birmingem”, “Brayton”, “Derbi Kaunti”, “Vest Hem” va “Nottingem Forest” klublari safida maydonga tushgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.