Manchester United Kenan Yildiz transferini ko'rib chiqmoqda

Manchester United Kenan Yildiz transferini ko'rib chiqmoqda
Manchester United transfer bozoridagi variantlarni o'rganishda davom etmoqda. Transfer News Live nashri jurnalist Ben Jeykobsga tayanib xabar berishicha, “qizil iblislar” “Yuventus” vingeri Kenan Yildizga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, Yildizning ehtimoliy transferi 90–100 million yevroga baholanishi mumkin. Shu bilan birga, avvalroq OAVda “Yuventus” 20 yoshli futbolchiga moliyaviy shartlari yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilishi mumkinligi haqida ham yozilgandi.

2025/2026 yilgi mavsumda Kenan Yildiz 21 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.