Atletiko himoyachisi Klement Lengleni ikki oyga yo'qotdi

Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Klement Lengle tizzasidan olgan jarohati sabab uzoq muddat safdan chiqdi. Fransiyalik futbolchi Ispaniya Kubogi 1/16 finalida “Atletiko Baleares”ga qarshi uchrashuvda (3:1) jarohat oldi va bahsning 10-daqiqasidayoq almashtirildi.
Tibbiy tekshiruv natijalariga ko'ra, Lengleda qo'shimcha asoratlarsiz tizzadagi medial kollateral boylamning jiddiy cho'zilishi aniqlangan. Ispaniya OAV xabariga ko'ra, futbolchining tiklanishi kamida ikki oy davom etadi.
Shu bois u mavsumning qishki qismi uchrashuvlarining sezilarli qismini o'tkazib yuboradi. Joriy mavsumda 30 yoshli Lengle La Ligada 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta sariq kartochka oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Tibbiy tekshiruv natijalariga ko'ra, Lengleda qo'shimcha asoratlarsiz tizzadagi medial kollateral boylamning jiddiy cho'zilishi aniqlangan. Ispaniya OAV xabariga ko'ra, futbolchining tiklanishi kamida ikki oy davom etadi.
Shu bois u mavsumning qishki qismi uchrashuvlarining sezilarli qismini o'tkazib yuboradi. Joriy mavsumda 30 yoshli Lengle La Ligada 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta sariq kartochka oldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













