Borussiya Dortmund Real himoyachisi Valdepenyasni kuzatmoqda

Borussiya Dortmund Real himoyachisi Valdepenyasni kuzatmoqda
Borussiya Dortmund yozgi transfer oynasi oldidan tarkibni kuchaytirish yo'llarini izlamoqda. Sport Bild xabariga ko'ra, “asalarilar” Real Madrid tizimida to'p surayotgan yosh va istiqbolli himoyachi Viktor Valdepenyasga qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq 19 yoshli Valdepenyas Arsenal e'tiborida ekani haqida ham ma'lumotlar tarqalgan edi. O'tgan haftaning oxirida Valdepenyas ilk bor Real Madridning asosiy jamoasida maydonga tushdi.

U La Liga doirasida Alavesga qarshi uchrashuvda o'ynadi. Futbolchi himoyaning bir necha nuqtasida harakat qila oladi: markazda ham, chap qanotda ham.

Transfermarkt portali mutaxassislari Valdepenyasning bozor qiymatini 500 ming yevroga baholagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.