Rubem Neveshni APLdan uch klub transfer qilmoqchi

Rubem Neveshni APLdan uch klub transfer qilmoqchi
“Al-Hilol” yarim himoyachisi Rubem Nevesh Angliya Premer-ligasiga qaytishni maqsad qilgan va bu qishda klubini o‘zgartirishi mumkin. Avvalroq futbolchi klub bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

The Times ma’lumotiga ko‘ra, shundan kelib chiqib “Al-Hilol” rahbariyati Neveshni yanvar transfer oynasida sotish variantini ko‘rib chiqmoqda. Dastlab transfer narxi 18 million funt atrofida bo‘lishi aytilgan, biroq futbolchining pozitsiyasi sabab kelishuv yanada arzonroq summaga amalga oshishi ehtimoli bor.

Qayd etilishicha, Neveshga APLning bir nechta klubi qiziqish bildirmoqda. Ular orasida “Manchester Yunayted”, “Nyukasl” va “Vest Hem” bor.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.