Manchester Yunayted Mainuni faqat katta taklif bo'lsa sotadi

Manchester Yunayted Mainuni faqat katta taklif bo'lsa sotadi
Kobbi Mainu joriy mavsumda maydonda ko'p vaqt o'tkazmayapti. Shunga qaramay, u jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimning uzoq muddatli rejalaridan o'rin olgan.

Klub ichida Mainu kelajakda sezilarli o'sish ko'rsatishiga ishonch bor. Sky Sports xabariga ko'ra, Manchester Yunayted qishda yarim himoyachini faqat juda manfaatli taklif kelib tushgan taqdirdagina sotishga tayyor.

Qayd etilishicha, 20 yoshli futbolchi Premyer-liganing bir qator klublari diqqat markazida, biroq ularning hammasi ham Mainuni to'liq transfer qilish imkoniyatiga ega emas. 2025/2026 yilgi mavsumda Mainu Manchester Yunayted safida 12 uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo'lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.