Malcomning Transfermarkt bahosi yana pasaydi

Malcomning Transfermarkt bahosi yana pasaydi
Payshanba kuni Transfermarkt portali Saudiya Arabistoni chempionati futbolchilari bozor qiymatini yangiladi. Yangilanish natijalariga ko'ra, hujumkor yarim himoyachi Malcomning bahosi yana tushdi: u 22 million yevrodan 20 million yevroga arzonladi.

Braziliyalik futbolchi 2023 yil yozida Sankt-Peterburgning “Zenit” klubidan “Al-Hilol” jamoasiga o'tgandi. O'sha yil oxirida uning qiymati 30 million yevro darajasida saqlanib qolgan.

Keyin esa Transfermarkt Malcomning taxminiy bahosini to'rt marta qayta ko'rib chiqdi va har safar pasaytirdi: 28, 25, 22 va yakunda 20 million yevrogacha. Malcomning eng yuqori bozor qiymati 2018 yilda qayd etilgan bo'lib, u 45 million yevroni tashkil qilgan.

Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Malcom 8 o'yinda 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.