Panuchchi de Vinter tanqid qildi: Xyoylunnni bunday ushlab bo'lmaydi

Panuchchi de Vinter tanqid qildi: Xyoylunnni bunday ushlab bo'lmaydi
Italiya kubogidan chiqib ketganidan so'ng, "Milan" Superkubokdagi ishtirokini ham yakunladi: jamoa "Napoli"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Klubning sobiq himoyachisi Kristian Panuchchi bu natijaning sabablaridan biri sifatida Koni de Vinterning omadsiz o'yinini tilga oldi.

De Vinter asosiy tarkib futbolchilarining jarohatlari sabab maydonga tushgan edi. Panuchchining fikricha, asosiy tarkibdan joy olishni ko'zlayotgan futbolchi Xyoylunnga qarshi himoyada bunday harakat qilmasligi kerak.

U yuqori darajada yo'l qo'yib bo'lmaydigan xatolar borligini ta'kidladi, deb yozadi pianetamilan.it. Eslatib o'tamiz, Kristian Panuchchi o'tgan asrning 90-yillarida "Milan" safida to'p surgan.

U faoliyati davomida Madridning "Real" klubida ham o'ynagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.