Enso Mareska Manchester Sitidagi ish haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Enso Mareska Manchester Sitidagi ish haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Enso Mareska “Manchester Siti”ni boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. U ispan mutaxassisi Xosep Gvardiolaning o‘rnini egallashi borasidagi gap-so‘zlarni inkor etdi.

“Bu oddiy spekulyatsiya, bunga yuz foiz ishonaman. Hozir bu haqda o‘ylashga vaqtim yo‘q.

“Chelsi” bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnomam bor. Men to‘liq shu jamoaga e’tibor qaratganman”, — deya Mareskaning so‘zlarini insayder Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.

Angliya Premer-ligasining 16-turidan so‘ng “Manchester Siti” 34 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Chelsi” esa 28 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.