Manchester Siti fransiyalik yosh hujumchini kuzatmoqda

Manchester Siti fransiyalik yosh hujumchini kuzatmoqda
Fransiyaning "Trua" klubida to'p surayotgan 18 yoshli hujumchi Matis Deturbe Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin. Footmercato xabariga ko'ra, futbolchiga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, istiqbolli forvard allaqachon "shaharliklar"ning mashg'ulot bazasiga tashrif buyurgan. Deturbe uchun kurashda "Monako" va "Roma" ham raqib sifatida tilga olinmoqda.

Rim klubi 8 million yevro hamda 2 million yevro bonus taklif qilgan, biroq rad javobini olgan. Joriy mavsum Fransiya chempionatida Deturbe 16 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.