Dmitriy Xomuxa Rossiya termasining 2025 yilgi raqiblarini baholadi

Dmitriy Xomuxa Rossiya termasining 2025 yilgi raqiblarini baholadi
Rossiya yoshlar terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Dmitriy Xomuxa «Yevro-Futbol.Ru» nashriga bergan intervyusida 2025 yilda Rossiya milliy terma jamoasi o'ynagan raqiblar haqida fikr bildirdi. «Rossiya terma jamoasi 2025 yilda yomon bo'lmagan o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdi.

So'nggi paytda raqiblar orasida janubiy amerikalik jamoalar boshqalardan ajralib turdi. Aynan ular terma jamoamizga noqulaylik tug'dirdi», — dedi Xomuxa.

2025 yilda Valeriy Karpin boshqaruvidagi Rossiya terma jamoasi 10 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi: Grenada (5:0), Zambiya (5:0), Nigeriya (1:1), Belarus (4:1), Iordaniya (0:0), Qatar (4:1), Eron (2:1), Boliviya (3:0), Peru (1:1), Chili (0:2).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.