Laporta: Peres Tebasning iste'foga chiqishini xohlaydi

Laporta: Peres Tebasning iste'foga chiqishini xohlaydi
«Barselona» prezidenti Joan Laporta La Liga rahbari Xaver Tebas bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi va «Real» prezidenti Florentino Peresning pozitsiyasiga ham to'xtaldi. Laportaning aytishicha, Tebas bilan ishlash oson emas, biroq hozirgi hamkorlik halol va ochiq asosda yo'lga qo'yilgan.

Shu bilan birga, u Peres Tebasning faoliyatidan norozi ekanini va La Liga prezidenti «Real» manfaatlariga qarshi harakat qilmoqda, deb hisoblab, uning iste'foga chiqishini istayotganini ta'kidladi. «Peres Tebasdan qutulishni xohlaydi.

U undan norozi va Tebas unga qarshi chiqyapti, deydi. Tebasni lavozimidan chetlatish istagi menda shubha uyg'otadi», — deya Laportadan iqtibos keltiradi AS.

Ayni paytda «Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 43 ochko bilan ishonchli yetakchilik qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.