Bukayo Saka Neymar videolarini doimiy tomosha qilganini aytdi

Bukayo Saka Neymar videolarini doimiy tomosha qilganini aytdi
Londonning "Arsenal" klubi vingeri Bukayo Saka bolaligida Neymar o'yinidan ilhom olganini ma'lum qildi. Sky Sports'ga bergan intervyusida 24 yoshli ingliz futbolchisi internetda Neymar ishtirok etgan va o'zi ko'rmagan video deyarli yo'qligini aytdi.

Sakaning so'zlariga ko'ra, akademiyada tahsil olgan paytida u do'stlari bilan braziliyalik yulduzning videolarini tez-tez qo'yib tomosha qilgan. Bukayo Saka 2019 yildan buyon "Arsenal"ning asosiy jamoasida to'p surib keladi.

Joriy mavsumda Mikel Arteta jamoasi safida 21 uchrashuvda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Neymar hozirda "Santos" sharafini himoya qilmoqda.

U avvalroq "Al-Hilol", "PSJ" va "Barselona" klublarida ham o'ynagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.