Grizmann uch klubdan aniq taklif oldi

Grizmann uch klubdan aniq taklif oldi

Grizmann uch klubdan aniq taklif oldi
Madridning \"Atletiko\" klubi hujumchisi Antuan Grizmann boshqa jamoalar e\'tiborida turibdi. Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko\'ra, 34 yoshli futbolchini Saudiya Arabistonining \"Al-Ahli\" klubi, BAAning \"Al-Vahda\" jamoasi hamda AQShning \"Sharlott\" klubi o\'z safiga qo\'shib olmoqchi va ularning barchasi fransuz futbolchisiga aniq taklif yuborgan.

Manbaga ko\'ra, vaziyatni \"Inter Mayami\", \"Lion\", \"Yuventus\" va \"Galatasaroy\" ham kuzatib bormoqda. Grizmanning \"Atletiko\" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o\'rtalarigacha mo\'ljallangan.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda \"matraschilar\" safida 24 o\'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.