Markus Tyuram Italiya Superkubogida rekord darajada tez gol urdi

Markus Tyuram Italiya Superkubogida rekord darajada tez gol urdi
Italiya "Inter" klubi Italiya Superkubogidagi ishtirokini yarim final bosqichida "Bolonya"ga mag'lub bo'lib yakunladi. Shunga qaramay, ruminiyalik mutaxassis Kristian Kivu boshqaruvidagi jamoa uchrashuvni juda yaxshi boshladi: 72-soniyada hujumchi Markus Tyuram hisobni ochib, "Inter"ni oldinga olib chiqdi.

Ma'lum bo'lishicha, Tyuramning bu goli Italiya Superkubogi tarixidagi eng tezkor gol bo'ldi. Turnir tarixida faqat bir marta gol ikkinchi daqiqada urilgani qayd etilgan: 2000 yilda "Latsio" va "Inter" o'rtasidagi bahsda Robbi Kin tezkor gol muallifi bo'lgan.

Bu safar esa Tyuram bir necha soniyaga tezroq gol urib, rekordni yangiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.