Kafanov Safonovning jarohati tafsilotlarini ma'lum qildi

Rossiya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov PSJ posboni Matvey Safonov olgan jarohat haqida ma'lumot berdi. Avvalroq Safonov Qit'alararo kubok finalida "Flamengo"ga qarshi o'yinda (1:1, penaltilar seriyasida 2:1) qo'lini sindirib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
U penaltilar seriyasida to'rt zarbani qaytarib, jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Kafanovning aytishicha, u Matvey bilan bog'langan va tekshiruvlar natijasida siniq tasdiqlangan.
Murabbiyga ko'ra, qo'ldagi suyakning kichik bo'lagi ajralib ketgan bo'lib, bu holat penaltilar seriyasidagi uchinchi zarba epizodida yuz bergan. Shundan keyin Safonov yana ikki penaltini ham qaytargan.
Joriy mavsumda Safonov barcha musobaqalarda 4 ta o'yinda maydonga tushdi, 3 ta gol o'tkazib yubordi va 2 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!U penaltilar seriyasida to'rt zarbani qaytarib, jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Kafanovning aytishicha, u Matvey bilan bog'langan va tekshiruvlar natijasida siniq tasdiqlangan.
Murabbiyga ko'ra, qo'ldagi suyakning kichik bo'lagi ajralib ketgan bo'lib, bu holat penaltilar seriyasidagi uchinchi zarba epizodida yuz bergan. Shundan keyin Safonov yana ikki penaltini ham qaytargan.
Joriy mavsumda Safonov barcha musobaqalarda 4 ta o'yinda maydonga tushdi, 3 ta gol o'tkazib yubordi va 2 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













