Kivu Lautaro nega startda bo'lmaganini tushuntirdi

Kivu Lautaro nega startda bo'lmaganini tushuntirdi
Milan "Inter"i bosh murabbiyi Kristian Kivu Italiya Superkubogi yarim finalida "Bolonya"ga qarshi o'yinda hujumchi Lautaro Martines nega asosiy tarkibda maydonga tushmaganini izohladi. Mutaxassisning ta'kidlashicha, jamoaga og'ir taqvim sharoitida rotatsiya zarur bo'lgan.

"Bu so'nggi 20 kun ichidagi sakkizinchi o'yinimiz edi, Lautaro ularning barchasida maydonga tushdi. Unga ham dam kerak.

Yanvarda esa har uch kunda bir martadan o'ynaymiz, uchrashuvlarga to'liq energiya bilan kirish juda muhim", deya Kivuning so'zlarini "neradzurrilar" matbuot xizmati keltirdi. Kivu xuddi shu sabablar tufayli Manuel Akanji va Hakan Chalhano'g'li ham uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlamaganini qo'shimcha qildi.

Shuningdek, u bu gaplarni shikoyat sifatida qabul qilmaslikni so'radi. O'yin penaltilar seriyasida "Inter"ning mag'lubiyati bilan yakunlandi.

Turnir finalida "Bolonya" va "Napoli" o'zaro to'qnash keladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.