Teo Ernandes Indzagi bilan ishlash tajribasi haqida gapirdi

Teo Ernandes Indzagi bilan ishlash tajribasi haqida gapirdi
Avvalroq "Milan" safida to'p surgan Teo Ernandes hozir Saudiya Arabistonida Simone Indzagi qo'l ostida o'ynamoqda. "Inter"ning sobiq bosh murabbiyi bilan hamkorlik qanday yo'lga qo'yilgani haqida futbolchi La Gazzetta dello Sport nashriga fikr bildirdi.

Ernandesning so'zlariga ko'ra, Indzagi unga: "Keling, birga g'alaba qozonaylik", degan. Teo "Inter"da murabbiyga "jin" laqabi berilganini ham eslashini aytdi.

Uning ta'kidlashicha, Indzagi maydonda va maydon tashqarisida mutlaqo boshqa-boshqa inson: u haqiqiy jentlmen. Shuningdek, Ernandes Indzagi o'zidan biroz ranjiyotganini ham qo'shimcha qildi.

Sabab, o'tgan yili Teo "Milan"ga Italiya Superkubogida Indzagining "Inter"i ustidan g'alaba qozonishda yordam bergan va o'sha o'yin aynan Ar-Riyodda bo'lib o'tgan. Teo Ernandes 2019–2025 yillar oralig'ida "Milan" sharafini himoya qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.