Vulverhempton APLda mutlaq antirekord sari ketmoqda

Vulverhempton APLda mutlaq antirekord sari ketmoqda
Angliyaning "Vulverhempton" klubi APLning 17-turida "Brentford"ga mag'lub bo'ldi va turnir jadvalining eng quyi pog'onalarida tobora chuqurroq botib bormoqda. 17 o'yindan so'ng jamoa hisobida atigi ikki ochko bor.

Ingliz futboli ligalari tarixida 17 uchrashuvdan keyin shuncha kam ochko to'plagan holat juda kam uchragan: bunday natija bor-yo'g'i ikki marta qayd etilgan. 1970/1971 yilgi mavsumda "Nyupot Kaunti" to'rtinchi ligada 17 o'yindan keyin ikki ochko bilan qolgan bo'lsa, 2020/2021 yilgi mavsumda "Sheffild Yunayted" APLda xuddi shunday ikki ochko bilan 17-turdan so'ng og'ir inqirozni boshdan kechirgan.

Endi esa xuddi shu salbiy ko'rsatkich "bo'rilar" bilan takrorlanish xavfi ostida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.