Mbappe: Bolalikdagi orzuim Real safida ushaldi

Madridning Real klubi hujumchisi Kilian Mbappe uzoq yillik orzusi ro'yobga chiqqanini aytdi. Shanba kuni “qaymoqranglilar” yetakchi forvardi tug'ilgan kunida “Sevilya”ga qarshi o'yinda jamoasiga g'alabaga erishishda yordam berdi.
Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi, fransiyalik hujumchi esa 86-daqiqada penaltidan gol urdi. “Bolaligimda tug'ilgan kunim uchun orzu sovg'am Real safida o'ynash bo'lishini aytardim.
Bugun kechqurun bu orzu ushaldi”, dedi 27 yoshni qarshi olgan Mbappe o'yindan keyingi intervyusida. Mbappe tug'ilgan kunida Real libosida maydonga tushish bilan cheklanib qolmadi: u bir kalendar yil ichida urilgan gollar bo'yicha Krishtianu Ronalduning klub rekordini ham takrorladi — 59 ta gol.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi, fransiyalik hujumchi esa 86-daqiqada penaltidan gol urdi. “Bolaligimda tug'ilgan kunim uchun orzu sovg'am Real safida o'ynash bo'lishini aytardim.
Bugun kechqurun bu orzu ushaldi”, dedi 27 yoshni qarshi olgan Mbappe o'yindan keyingi intervyusida. Mbappe tug'ilgan kunida Real libosida maydonga tushish bilan cheklanib qolmadi: u bir kalendar yil ichida urilgan gollar bo'yicha Krishtianu Ronalduning klub rekordini ham takrorladi — 59 ta gol.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













