Volfzburg bosh murabbiy etib Daniel Bauerni tayinladi

Volfzburg bosh murabbiy etib Daniel Bauerni tayinladi
43 yoshli mutaxassis Daniel Bauer «Volfzburg»ning bosh murabbiyi etib tasdiqlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Bauer noyabr oyidan beri, Paul Simonis iste'foga chiqqanidan so'ng, «bo'rilar»da bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan edi.

«Ishonch bildirganlari uchun klubga minnatdorlik bildiraman. So'nggi haftalarda yaxshi ishladik.

Oldinga harakatni davom ettirishimiz kerak», — dedi murabbiy. Bundesligada 15 turdan so'ng «Volfzburg» 15 ochko jamg'argan va turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.

Jamoa navbatdagi uchrashuvini 11 yanvar kuni Myunxenning «Bavariya» klubiga qarshi «Allianz Arena»da o'tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.