Gasperini Roma hujumchisi Fergyusonning o'yinidan norozi bo'ldi

Gasperini Roma hujumchisi Fergyusonning o'yinidan norozi bo'ldi
Rimning “Roma” jamoasi bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Turinning “Yuventus”iga qarshi uchrashuvdan so'ng hujumchi Evan Fergyusonning o'yinidan qoniqmaganini bildirdi. Safarda o‘tgan bahsda “bo‘rilar” “qari sinyora”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mutaxassis klub matbuot xizmatiga bergan izohida Fergyusonning muammosi texnik mahoratda emasligini ta’kidladi. Gasperiniga ko‘ra, Evan hozir kerakli ruhiy tayyorgarlik va kayfiyatga ega emas.

Murabbiy bunday holat jamoada faqat Fergyusonga xos emasligi, shuningdek, boshqa yangi futbolchilarda ham sezilayotganini qo‘shimcha qildi. Joriy mavsumda Fergyuson 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

“Roma” A Seriya turnir jadvalida 30 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.