Oleg Teryoxin: Safonov yana zaxirada qolishi mumkin

Oleg Teryoxin: Safonov yana zaxirada qolishi mumkin
“Dinamo”ning sobiq futbolchisi Oleg Teryoxin rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning “PSJ”dagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq “PSJ” Safonovning penaltilar seriyasidagi to‘rtta seyviga tayanib, FIFA Qit’alararo kubogini qo‘lga kiritgandi.

Biroq aynan o‘sha seriya davomida rossiyalik darvozabon qo‘lini sindirib oldi va bir oyga safdan chiqdi. Teryoxinning fikricha, Safonov jarohat olmaganida “PSJ”ning asosiy tarkibida o‘z o‘rnini mustahkamlab olishi mumkin edi.

“Endi esa bir oy davomida aniq Shevalye o‘ynaydi. Afsuski, keyin Matvey yana zaxira o‘rindig‘iga qaytib qolishi ehtimoli bor”, — deya Teryoxinning so‘zlarini keltiradi “RB Sport”.

“PSJ” navbatdagi uchrashuvini 4 yanvar kuni o‘tkazadi. Liga 1ning 17-turida Luis Enrike jamoasiga “Parij” raqib bo‘ladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.