Alessandro Bastoni faoliyatini Milanning «Inter»ida davom ettiradi

Alessandro Bastoni faoliyatini Milanning «Inter»ida davom ettiradi
Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni jamoani tark etishni rejalashtirmayotgani aytilmoqda. TEAMtalk xabariga ko'ra, futbolchi «Inter»dagi o'rnidan mamnun va yirik Yevropa klublari qiziqishiga qaramay, hozircha klubini o'zgartirish niyatida emas.

Manbada qayd etilishicha, Bastonini jamoasini almashtirishga ko'ndira olishi mumkin bo'lgan kam sonli variantlardan biri «Manchester Siti» bo'lib qolmoqda. Joriy mavsumda 26 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 20 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Bastonining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.