Spalletti «Yuventus»ning «Roma» ustidan g'alabasini izohladi

Spalletti «Yuventus»ning «Roma» ustidan g'alabasini izohladi
Italiya A seriyasining 16-tur markaziy uchrashuvida Turinning «Yuventus» jamoasi Rimning «Roma» klubini 1:0 hisobida mag'lub etdi. O'yindan so'ng «keksalar» bosh murabbiyi Luchano Spalletti natija yuzasidan fikr bildirdi.

«Hozir barcha o'yinlar qiyin. Futbolchilarim oxirigacha kurashdi, bitta gol o'tkazib yuborsak ham baribir oldinga intildik.

Ishlashda davom etishimiz kerak. Turnir jadvalida yuqoriroqqa ko'tarilishni xohlaymiz», — deya mutaxassis so'zlarini Football Italia keltiradi.

G'alabadan so'ng «Yuventus» 29 ochko jamg'arib, A seriya jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Spalletti shogirdlari peshqadam «Inter»dan 4 ochkoga ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.