FIFA reytingi: O‘zbekiston yana 2 pog‘ona pastladi

FIFA reytingi: O‘zbekiston yana 2 pog‘ona pastladi
FIFA reytingi: O‘zbekiston yana 2 pog‘ona pastladi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 554 ochko bilan 63-o‘rinda qayd etildi, deb yozadi Kun nashri.

Qayd etish kerakki, terma jamoa avvalgi oydagi ko‘rsatkichiga nisbatan 2 pog‘ona pastlagan.

O‘zbekiston OFKga a’zo terma jamoalar orasida 6-o‘rinda qoldi. Eron 798 ochko bilan Osiyo mamlakatlari orasida peshqadamlikni saqlab qolgan. Janubiy Koreya 691 ochko bilan qit’ada 2-pog‘onani egallagan bo‘lsa, Yaponiya 629 ochkosi bilan kuchli uchlikdan joy olgan.

Eron – 32-o‘rin;
Janubiy Koreya – 39-o‘rin;
Yaponiya – 52-o‘rin;
Avstraliya – 54-o‘rin;
Saudiya Arabistoni – 56-o‘rin;
O‘zbekiston – 63-o‘rin;
BAA– 68-o‘rin.

JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichida O‘zbekiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan Qatar o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Xitoy 5 pog‘ona pastlagan bo‘lsa, Suriya terma jamoasi 3 o‘ringa ko‘tarildi.

Qatar — 85-o‘rin;
Xitoy — 86-o‘rin;
Suriya — 93-o‘rin.

FIFA reytingida hamon Argentina (1635 ochko) etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni Braziliya (1529 ochko) egallab turgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda Germaniya (1433 ochko) joylashgan.

Jadvalda 4–10-o‘rinlarni mos ravishda Chili, Belgiya, Fransiya, Kolumbiya, Portugaliya, Urugvay va Ispaniya terma jamoalari band etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.