Isakda xochsimon bog'lama jarohati yo'q, ammo xavotir bor

Isakda xochsimon bog'lama jarohati yo'q, ammo xavotir bor
Hujumchi Aleksandr Isak Angliya Premyer-ligasining yakshanba kungi uchrashuvida «Tottenhem» darvozasiga gol urgan epizodda jarohat oldi. Daily Mail xabariga ko'ra, ijobiy yangilik shundaki, futbolchida tizza xochsimon bog'lamasi shikastlanishi aniqlanmadi.

Bunday jarohatdan tiklanish juda uzoq davom etadi va Isak mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi ehtimoli yuqori bo'lardi. Shu bilan birga, salbiy xabar ham bor: jarohat baribir jiddiy deb baholanmoqda va Isak ancha vaqt maydondan chetda qolishi mumkin.

Premyer-ligadagi navbatdagi o'yinda «Liverpul» shanba kuni, 27 dekabrda, o'z maydonida «Vulverhempton»ga qarshi bahs olib boradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.