Elche Rayo Valyekanoni yirik hisobda mag'lub etdi

Elche Rayo Valyekanoni yirik hisobda mag'lub etdi
La Liga 17-turida turnir jadvalining quyi qismida borayotgan Elche o'z maydonida Rayo Valyekanoni qabul qildi va 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Alvaro Rodriges Hektor Fortni golli vaziyatga olib chiqdi va hisob ochildi.

Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Rodriges Pedro Bigas uzatmasidan so'ng o'zi ham darvozani ishg'ol etdi. Oradan uch daqiqa o'tib, Rodriges yana assist qayd etib, German Valeraga aniq pas berdi.

O'yinga yakuniy nuqtani 90-daqiqada Martim Netu qo'ydi. Ushbu g'alabadan keyin Elche 9-o'ringa ko'tarildi, Rayo Valyekano esa 12-o'rinni boshqa jamoalar bilan bo'lishib turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.